Oʻzbekiston terma jamoasida italyalik mutaxassis ish boshladi

  • 06.05.2026 23:07
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston milliy terma jamoasida hujumchilar bilan ishlash bo‘yicha yangi murabbiy faoliyatini boshladi.

Italiyalik sobiq futbolchi Rolando Byanki milliy jamoa murabbiylar shtabiga qo‘shildi. Mutaxassis terma jamoada hujumchilarni tayyorlash jarayonida ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun, Rolando Byanki futbolchilik faoliyati davomida “Atalanta”, “Kalyari”, “Rejjina”, “Manchester Siti”, “Torino”, “Bolonya” va “Malyorka” kabi klublar sharafini himoya qilgan. Shuningdek, u Italiyanning turli yoshdagi terma jamoalarida ham to‘p surgan.

Bu haqida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
08/05/2026 15:01
Зур янгилик