O'zbekiston terma jamoasiga chaqirilmagan TOP-5 futbolchi
Nihoyat Fabio Kannavaro O‘zbekiston milliy terma jamoasining FIFA kunlari uchun qaydnomasini e’lon qildi. Yig‘in doirasida terma jamoamiz Eron, Suriya hamda Koreya Respublikasiga qarshi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etadi. Mazkur bellashuvlar uchun Kannavaro 32 futbolchini jalb qildi.

Unda bir qator yangi nomlar bor. Quyida qaydnoma bilan tanishing. Endi esa sizlarga bu tarkibdan qolib ketgan TOP-5 futbolchini ma’lum qilamiz.
Birinchisi, so‘zsiz Sharof Muҳitdinov. U “Nasaf”ning asosiy yuragi va ko‘plab gollar va assistlarni amalga oshirmoqda.
Ikkinchisi, Muҳammadqodir Hamraliev. Bu himoyachi yozda “Navbahor”ga o‘tganidan keyin namanganliklarning asosiy himoya qo‘rg‘oni bo‘lbi bermoqda. Uning ishonchli o‘yinlari sabab almashtirib bo‘lmas himoyachiga aylandi.
Uchinchisi, Abdurauf Bo‘riev. Yarim himoyachi “Paxtakor”ning motori desak bo‘ladi. Har bir to‘p uchun kurashadi. “Sherlar”ning muvaffaqiyatida muhim figura.
To‘rtinchisi, Umar Adhamzoda. U bu yig‘inga jalb etilmagan Farruh Sayfievning o‘rniga mos tushadigan futbolchi edi. Adhamzoda qanotlardagi faolligi va kerak bo‘lsa jang qilishi bilan e’tiborni tortayotgandi. Eng muhimi formada edi.
Beshinchisi, O‘tkir Yusupov. To‘g‘ri, O‘tkirning faoliyatida biroz pasayish kuzatilmoqda. Ammo bu faqatgina uning faoliyatida emas. Boshqa darvozabonlarimizda ham shunday holat, deb aytishimiz mumkin. Qolaversa, Yusupovning qahramonlik ko‘rsatayotgan o‘yinlari ham uchrab turibdi. Biroq uning o‘rniga boshqa zahira darvozaboni chaqirilgani, juda ham mantiqsizlik.
Yana qaysi futbolchilar terma jamoaga chaqirilishi kerak edi, deb o‘ylaysiz? Kommentariyada yozib qoldiring.

Fikrlar