O‘zbekiston terma jamoasiga qaysi klubdan eng ko‘p futbolchi chaqirildi?

  • 25.05.2026 01:39
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston milliy terma jamoasining 2026 yildgi Jahon chempionati uchun kengaytirilgan qaydnomasi e’lon qilindi. Ro‘yxatdan 30 nafar futbolchi joy olgan.

Bosh murabbiy Fabio Kannavaro eng ko‘p futbolchilarni "Neftchi" va "Paxtakor" klublaridan chaqirdi. Har ikki jamoadan 3 nafar futbolchi terma jamoa ro‘yxatidan o‘rin olgan.

"Neftchi"dan Botirali Ergashev, Farrux Sayfiev va Jamshid Iskanderov chaqirilgan bo‘lsa, "Paxtakor"dan Hojiakbar Alijonov, Sherzod Nasrullaev va Akmal Mozgovoy ro‘yxatga kiritildi.

Shuningdek, "Istanbul Boshakshehir", "Istiqlol", "Persepolis", "Dinamo", "Nasaf" va "Navbahor" klublaridan ham 2 nafar futbolchi chaqirildi.

Ma’lumot uchun, yakuniy qaydnomadan 26 nafar futbolchi o‘rin oladi. Jahon chempionati 11 iyun kuni start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Mr. Azimov
25/05/2026 11:40
Doston Hamdamov chaqirildimi, uyam Paxtakor futbolchisimi? Uyqusirab sanaganmisila?