
O‘zbekiston terma jamoasining Antaliya Gran prisida qatnashadigan tarkibi ma’lum bo‘ldi
5-7 aprel kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida dzyudo bo‘yicha Gran-Pri turkumiga kiruvchi nufuzli turnir bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi bergan xabarga ko‘ra, uch kun davom etadigan musobaqada sayyoramizning 5 qit’asi 78 davlatidan jami 537 ishtirokchi Gran-Pri medallari hamda Tokio-2020 Olimpiadasining muhim reyting ochkolari uchun tatamiga chiqishadi.
Ular orasida O‘zbekiston terma jamoasining 8 nafar dzyudochisi ham o‘z mahoratini namoyish etadi. Farhod To‘raev va Kamol Murodov boshchiligidagi jamoamiz tarkibidan Shahram Axadov, Sherali Jo‘raev, G‘iyosjon Boboev singari etakchi polvonlarimiz joy olishgan.
Antaliya Gran-Prisiga yo‘l oladigan delegatsiya tarkibi quyidagicha:
-60 kg: Kemran Nurillaev, Doston Ro‘ziev
-66 kg: Shaxram Axadov
-73 kg: G‘iyosjon Boboev
-90 kg: Shahzodbek Sobirov
-100 kg: Sherali Jo‘raev, Aloviddin Jo‘raqulov
+100 kg: Alisher Yusupov
Murabbiylar: Farhod To‘raev, Kamol Murodov, O‘ktam Raxmonov
Shifokor: Javlon Hasanov
Fikrlar