Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, Fabio Kannavaro O‘zbekiston terma jamoasining AQSh, Meksika va Kanada maydonlarida o‘tkaziladigan Jahon chempionati uchun qaydnomasini e’lon qildi.

Transfermarkt portaliga ko‘ra, kutilganidek ushbu tarkibning eng qimmat o‘yinchisi "Manchester Siti" himoyachisi Abduqodir Husanov bo‘lib turibdi. O‘tgan mavsum Angliya Premyer-ligasida ajoyib mavsum o‘tkazgan himoyachimiz 35 million yevroga baholanmoqda. Undan so‘ng esa yana ikki legionerimiz o‘rin oldi. "Istanbul Boshakshehir" klubi safida harakat qilayotgan terma jamoamiz sardori Eldor Shomurodov va jamoamizning iste’dodli futbolchisi Abbosbek Fayzullaevning narxi 7 millionni tashkil qilmoqda. Keyingi o‘rinlarni boshqa bir legionerlarimiz va O‘zbekiston Superligasida o‘ynayotgan futbolchilar band qilib turibdi.

Qaydnomadan o‘rin olgan 30 o‘yinchimizning narxlari bilan tanishing:

1. Abduqodir Husanov - 35 million
2. Eldor Shomurodov - 7 million
2. Abbosbek Fayzullaev - 7 million
4. Azizjon G‘aniev - 1.20 million
5. Oston Urunov - 2 million
6. Otabek Shukurov - 1.6 million
7. Abduvohid Ne’matov - 1.5 million
8. Akmal Mozgovoy - 1.4 million
9. Hojiakbar Alijonov - 1.3 million
10. Sherzod Nasrullaev - 1.2 million
11. Igor Sergeev - 1.2 million
12. Jaloliddin Masharipov - 1 million
13. Jamshid Iskanderov - 1 million
14. Odilbek Hamrobekov - 1 million
15. Dostonbek Hamdamov - 900 ming
16. Umarali Rahmonaliev - 800 ming
17. Ruslanbek Jiyanov - 800 ming
18. Rustamjon Ashurmatov - 750 ming
19. Abdulla Abdullaev - 600 ming
20. Jahongir O‘rozov - 600 ming
21. Sherzod Temirov - 600 ming
22. Azizbek Amonov - 500 ming
23. Jasurbek jaloliddinov - 500 ming
24. Botirali Ergashev - 500 ming
25. Avazbek O‘lmasaliev - 500 ming
26. O‘tkir Yusupov - 500 ming
27. Sherzod Esanov - 450 ming
28. Umarbek Eshmurodov - 450 ming
29. Behruz Karimov - 350 ming
30. Farruh Sayfiev - 225 ming

Eslatib o‘tamiz, italyalik mutaxassis qo‘l ostida jamoamiz Jahon chempionatining "K" guruhidan o‘rin olgan va ushbu guruhda Kolumbiya, Portugaliya hamda Kongo ga qarshi maydonga tushadi. Bo‘lajak muhim turnir 11 iyundan 19 iyulga qadar davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!