O‘zbekiston terma jamoasining xalqaro turnirdagi raqiblari ma’lum bo‘ldi!
FIFA tomonidan tashkil etilgan "FIFA Series-2026" xalqaro turnirining mezbonlaridan biri O‘zbekiston hisoblanadi.
O‘rtoqlik musobaqasida ishtirok etish uchun yurtimizga Islandiya, Gabon hamda Trinidad va Tobago terma jamoalari tashrif buyuradi. Bu haqida @perspectivefootball.id nashri xabar berdi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston turnirdagi barcha bo‘lajak raqiblarini aniqlab olgan uchinchi davlatga aylandi.
FIFA Series o‘yinlari milliy terma jamoalar uchun xalqaro tajriba orttirish va reytingidagi FIFA o‘rnini yaxshilash imkonini beradi.
Ma’lumot uchun, musobaqa joriy yilning mart va aprel oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Fikrlar