O‘zbekiston U-16 terma jamoasi futbolchilari tojikistonlik tengqurlariga yirik hisobda imkoniyatni boy berishdi

  • 22 iyun, 2019, 11:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston U-16 terma jamoasi joriy yilning 14-22 sentyabr kunlari Toshkentda o‘tadigan Osiyo chempionati saralashida ishtirok etadi.

Mazkur musobaqaga tayyorgarlik doirasida Azamat Abduraimov shogirdlari Toshkentda yig‘in o‘tkazdi. Yig‘in doirasida esa terma jamoamiz a’zolari Xo‘jand shahrida Tojikiston U-16 terma jamoasiga qarshi 2ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Bugun Xo‘jand shahrida ilk o‘yin bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar 4:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Tojikiston U-16 terma jamoasi safida Sunnatullo Azizov, Abdulfatoxi Xudoydodzoda, Faxriddin Axtamov va Kabir Salimshoev gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Ta’kidlash joiz,  ikki terma jamoa o‘rtasidagi navbatdagi uchrashuv 23 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.  

 

O‘rtoqlik uchrashuvi

Tojikiston (U-16) – O‘zbekiston (U-16)  4:0

Bosh hakam: Xurshed Dadoboev.

Komissar: Jovidon Hasanov.

Gollar: Sunnatullo Azizov, 31 (1:0). Abdulfatoxi Xudoydodzoda, 39 (2:0).  Faxriddin Axtamov, 67 (3:0). Kabir Salimshoev, 81 (4:0).

O‘zbekiston (U-16): Samandar Jo‘rabekov, Vazgen Pogosyan, Bobur Mo‘ydinov, Kirill Todorov, Tohir To‘xtasinov, Muhriddin Pozildinov, Abduqodir Husanov, Jasur Ubaydullaev, Rustam Turdimurodov, Alisher Xayrullaev, Obloyor Rahmatov. 

Zaxiradan maydonga tushganlar: Beknur Parmonov, Azizjon Toshkenboev, Po‘lat Jumaxonov, Asadbek Beglarxonov, Nodir Abdurazzoqov, Shahzod Akramov, Rian Islomov, Maqsud Alloxo‘jaev. 

Ogohlantirishlar: Asadbek Sodiqov (89) – Bobur Mo‘ydinov (66),  Abduqodir Husanov (38).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shavkat_boy
22/06/2019 13:10
Keyingi uyinlarda omad...