O‘zbekiston U-16 terma jamoasi ikkinchi o‘yinda tojikistonlik tengqurlaridan ustun keldi

  • 23 iyun, 2019, 20:46
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saralash bahslariga tayyorgarlik doirasida Azamat Abduraimov shogirdlari Toshkentda yig‘in o‘tkazishdi. Mazkur yig‘in doirasida esa terma jamoamiz a’zolari Xo‘jand shahrida Tojikiston U-16 terma jamoasiga qarshi 2ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi rejalashtirilgan edi.

Bugun har ikki terma jamoa vakillari ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazishdi. Qiziqarli kechgan bellashuvda O‘zbekiston U-16 terma jamoasi raqibdan ustun keldi.

Terma jamoamiz safida Shahzod Akramov hamda Muhriddin Pazildinov raqib darvozasini ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ldi.

TOJIKISTON (U-16) – O‘ZBEKISTON (U-16) 1:2

Gollar: Xurshed Davlatzoda, 21 (1:0 penalti). Shahzod Akramov, 38 (1:1). Muhriddin Pazildinov, 63 (1:2 penalti).

O‘zbekiston (U-16): Beknur Parmonov, Vazgen Pogosyan, Bobur Mo‘ydinov, Kirill Todorov, Tohir To‘xtasinov, Muhriddin Pazildinov, Abduqodir Husanov, Shahzod Akramov, Rustam Turdimurodov, Alisher Xayrullaev, Rian Islomov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Azizjon Toshkenboev, Nodir Abdurazzoqov, Jasur Ubaydullaev, Obloyor Rahmatov.

Ogohlantirishlar: Mehrubon Karimov (36), Abdulfatohi Hudoydotzoda (67) – Tohir To‘xtasinov (15), Shahzod Akramov (24), Abduqodir Husanov (60), Beknur Parmonov (71), Alisher Xayrullaev (84), Bobur Mo‘ydinov (86).

Chetlatish: Shahzod Akramov (50).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!