O‘zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi: "Futbolchilar Jahon chempionatiga 100 foiz tayyor"

  • 04.11.2025 23:30
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Islombek Ismoilov Jahon chempionati doirasidagi ilk bellashuv oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.

 "Futbolchilar Jahon chempionatiga 100 foiz uchrashuvlarga tayyor. Ertagali raqibimiz Paragvay o‘z qit’asining eng kuchli terma jamoalaridan biri hisoblanadi. Oson o‘yin bo‘lmaydi. Umuman olganda, mundialda kuchsiz jamoa yo‘q. Shuning uchun biz ertagali bahs uchun jangovor ruhda tayyorgarlik ko‘rdik.

Murabbiylar shtabi bilan birgalikda Paragvayning oxirgi 10 ta o‘yinini ko‘rib chiqdik. Ularning yutuq va kamchilik tomonlarini kerakli darajada o‘rganib, shu asosda tayyorlandik. Katta musobaqalarda bosim bo‘lishi tabiiy holat. Lekin biz, murabbiylar, futbolchilardan bu bosimni olib tashlashga harakat qilyapmiz.

Osiyo chempioni bo‘lganimizdan so‘ng yurtimizdagi ko‘plab futbol ishqibozlari bizdan chempionlik kutyapti. Bu — yaxshi holat. Ammo bu yosh futbolchilar zimmasiga katta mas’uliyat ham yuklaydi", — dedi Ismoilov.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi turnirdagi ilk uchrashuvni 5 noyabr kuni Paragvayga qarshi o‘tkazadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da “Espayr” akademiyasining 1-maydonida start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!