O‘zbekiston U-18 terma jamoasi nazorat uchrashuvida durang qayd etdi

  • 23.03.2019 08:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Otabek G‘ulomxo‘jaev boshchiligidagi O‘zbekiston U-18 terma jamoasi "Chig‘atoy" sport bazasida yig‘in mashg‘ulotlari o‘tkazayotganidan xabaringiz bor. Kecha terma jamoa a’zolari "Lokomotiv" yoshlar jamoasi bilan nazorat o‘yinida maydonga tushishdi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Uchrashuvi 0:0 hisobidagi durang bilan yakuniga etdi. Yig‘in davomida yana Pro-liga vakillari "Yangier" va "Rubin" jamoalariga qarshi nazorat o‘yinlari o‘tkazish ham rejalashtirilgan.

Toshkentdagi yig‘in 28 martga qadar davom etadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!