O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Dubaydagi so‘nggi nazorat o‘yinini o‘tkazdi.

  • 29 dekabr, 2019, 22:29
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo chempionatiga tayyorgarlik jarayonini Birlashgan Arab Amirliklarida davom ettirayotgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun BAA yig‘ini doirasidagi so‘nggi nazorat o‘yinini o‘tkazdi.

Tecno

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi BAA 1-divizioni vakili – Sharjaning “Al Hamriya” klubi bilan bahs olib borib, 3:0 hisobida zafar quchdi.

Qayd etish joiz, terma jamoamiz ushbu yig‘in doirasida bunga qadar 3 ta uchrashuv o‘tkazgan edi va ularning barchasida g‘alabaga erishdi. Olimpiyachilarimiz 1 yanvarga qadar mashg‘ulotlarni Dubayda davom ettirishadi va so‘ngra Tailandga yo‘l olishadi.

O‘rtoqlik uchrashuvi

“Al Hamriya” (BAA) - O‘zbekiston U-23 0:3

Gollar: Azizjon G‘aniev (23), Jasurbek Yaxshiboev (81), Doston Ibragimov (90).

O‘zbekiston U-23: Abduvohid Ne’matov, Islom Qobilov, Hojiakbar Alijonov, Abdulla Abdullaev, Aziz G‘aniev, Nurillo To‘xtasinov, Mirjahon Mirahmadov, Islom Kenjaboev, Ilhom Alijonov, Husniddin Aliqulov, Sanjar Qodirqulov.

Zaxira: Nizom Ziyovutdinov, Mashxur Muhammadjonov, Dilshod Saitov, Sherzod Nasrullaev, Oybek Rustamov, Sharof Muhiddinov, Jasurbek Yaxshiboev, Abror Ismoilov, Aziz Amonov, Oybek Bozorov, Doston Ibragimov, Bobur Abdixoliqov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!