
O‘zbekiston U-23 terma jamoasining Osiyo kubogi saralashidagi o‘yin sanalari ma’lum. Eronga qarshi qachon o‘ynaymiz?
Biroz avval 2024 yilning aprel-may oylarida Qatarda o‘tkaziladigan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogining saralash bosqichiga qur’a tashlandi.
Unga ko‘ra, vakillarimiz "E" guruhidan joy oldi. Ushbu kvartetda olimpiyachilarimizga Afg‘oniston, Gongkong va Eron termalari raqiblik qiladi.
Guruhdagi uchrashuvlar sanasi ham aniq bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, Eronga qarshi 12 sentyabr kuni maydonga tushamiz. Marhamat, quyida batafsil tanishib olishingiz mumkin!
6 sentyabr
O‘ZBEKISTON vs Afg‘oniston
9 sentyabr
Gonkong vs O‘ZBEKISTON
12 sentbyar
O‘ZBEKISTON vs Eron
Fikrlar