O‘zbekiston va Kolumbiyaning eng qimmat hamda eng arzon futbolchilari kim?
Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasining eng qimmat futbolchisi Abduqodir Husanov hisoblanadi. Himoyachining bozor qiymati 50 million yevro deb baholanmoqda.
Terma jamoadagi eng arzon futbolchi esa Farrux Sayfiev bo‘lib, uning transfer narxi 225 ming yevroni tashkil etadi.
Kolumbiya safidagi eng qimmat futbolchi Luis Dias hisoblanadi. "Bavariya" vingerining bozor qiymati 70 million yevro deb baholangan.
Janubiy amerikaliklar tarkibidagi eng arzon futbolchi esa darvozabon Kamilo Vargas bo‘lib, uning qiymati 450 ming yevroni tashkil etadi.

Fikrlar