Asosiy mazmunga oʻtish

O'zbek sporti

O‘zbekiston va Xitoy kriket sohasida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda

Javohir Malikov
Izohlar: 0

O'zbekistonda kriket sport turini ommalashtirish, uni xalqaro miqyosda rivojlantirish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda

Oʻzbekistonda kriket sport turini ommalashtirish, uni xalqaro miqyosda rivojlantirish hamda xorijiy mamlakatlar bilan sport aloqalarini mustahkamlash borasidagi ishlar izchil davom etmoqda. Bu borada Oʻzbekiston Kriket federatsiyasi tomonidan xalqaro hamkorlikni kengaytirish va ilgʻor tajribalarni oʻrganishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Shu maqsadda Oʻzbekiston kriket federatsiyasi raisi Aziz Mixliev Xitoy Xalq Respublikasida boʻlib, Xitoy kriket assotsiatsiyasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Xitoyning Chunchin shahrida boʻlib oʻtgan muloqot davomida ikki mamlakat oʻrtasida kriket sport turini rivojlantirish, oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash va sohadagi tajribalar almashinuvini yoʻlga qoʻyish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuvda, shuningdek, ikki mamlakat kriket jamoalari oʻrtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan qator istiqbolli tashabbuslar ilgari surildi. Jumladan, xitoylik kriketchilarning Oʻzbekistonga tashrifini tashkil etish, qoʻshma oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazish, oʻrtoqlik uchrashuvlari hamda turli sport musobaqalarini tashkil etish masalalari yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Mazkur hamkorlik ikki mamlakat kriket jamoalari oʻrtasidagi doʻstona aloqalarni yanada mustahkamlash, sportchilarning mahorati va tajribasini oshirish, shuningdek, kriketni yoshlar oʻrtasida keng targʻib etish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Ishonchli xalqaro hamkorlik va oʻzaro tajriba almashinuvı orqali Oʻzbekistonda kriketni yanada rivojlantirish, uning ommaviyligini oshirish hamda mamlakatimiz sportchilari uchun xalqaro maydonda yangi istiqbollarni ochishga xizmat qiladi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q