O‘zbekiston milliy terma jamoasi Mendes boshchiligidagi birinchi yig‘ilishini boshladi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugundan e’tiboran yangi bosh murabbiy Xose Mariya Mendes boshchiligida yig‘inga kirishdi. Mashg‘ulotlar O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Terma jamoalar markazi sport zalida olib boriladi.
Murabbiylar shtabi mazkur yig‘inga 19 nafar futzalchini jalb etgan. Yig‘in davomida ispaniyalik mutaxassis terma jamoaga chaqirilgan yigitlar bilan yaqinidan tanishish, ularning jismoniy va ruhiy holatini o‘rganish, shuning barobarida nomzodlarning imkoniyat va salohiyati borasida dastlabki xulosalarga ega bo‘lishni rejalashtirgan.
Quyida O‘zbekiston milliy terma jamoasining yig‘iniga jalb etilgan futzalchilar ro‘yxati bilan tanishing.
Darvozabonlar:
Jasurbek Rizbonov (“Nasaf”)
Abbos Elmurodov (“BMB PFC”)
Abbos O‘lmasbekov (“BMB PFC”)
Himoyachilar:
Ilhomjon Hamroev (“Oil Star”)
Mashrab Odilov (“BMB PFC”)
Sunnatilla Jo‘raev (“Nasaf”)
Xayrulla Solihov (OKMK)
Qanot o‘yinchilari:
Muhammadali Xusanboev (“BMB PFC”)
Shaxram Faxriddinov (OKMK)
Muzaffar Abdukarimov (OKMK)
Shohjahon Shonazarov (“Oil Star”)
Abror Ahmedzjanov (SQB)
Daler Eshonqulov (“Dinamo”)
Burhoniddin Sodiqov (“Lokomotiv”)
Hujumchilar:
Muzaffar Ahadjonov (“BMB PFC”)
Behruz Samiev (“Oil Star”)
Husniddin Nishonov (“BMB PFC”)
Asilbek Vafoev (“Nasaf”)
Fikrlar