O‘zbekiston Yaman ustidan qiyin g‘alabaga erishdi
Jahon Chempionati saralash bosqichi 7-turidan o‘rin olgan Yaman – O‘zbekiston uchrashuvi o‘z yakuniga etdi. Unda vakillarimiz 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Bahsning 19-daqiqasida Ibrohimhalil Yo‘ldoshevga nisbatan ishlatilgan qo‘pollikdan so‘ng hakam raqib darvozasi tomon penalti belgiladi. Nuqtaga yaqinlashgan Jaloliddin Masharipov zarbada adashmadi va hisobni ochdi.
Ikkinchi bo‘limda hakam yana bir bor Yaman darvozasi tomon 11 metrlik jarima zarbasi belgiladi. Bu safar Odil Ahmedovning zarbasini raqib posboni qaytardi.
Shu tariqa, Abramov boshchiligidagi "oq bo‘rilar" ochkolari sonini 15 taga etkazib oldi. Parallel o‘yinda Singapurni enggan Saudiya 17 ochko to‘plab peshqadamlikni saqlab qoldi.
Fikrlar