
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining Saudiya Arabistoniga qarshi qaydnomasi e’lon qilindi (foto)
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etish uchun Jiddaga etib bordi.
Qayd etish kerak, bir qator futbolchilari ayni paytda o‘z klublari safida xorijiy yig‘inda ishtirok etayotganligi sababli terma jamoa ixtiyoriga bir necha kundan so‘ng kelib qo‘shiladilar.
Bundan tashqari, legionerlarimiz Umarali Rahmonaliev va Abduqodir Husanovlar bu galgi yig‘inda ishtirok etolmasligi ma’lum bo‘ldi. Abubakr Ashurov va Behruz Asqarov esa jarohati sabab mazkur yig‘inni o‘tkazib yuboradi.
Manba: O‘FA matbuot xizmati.
Fikrlar