
O‘zbekistonda o‘tadigan Osiyo chempionatiga qur’a tashlandi. Terma jamoamiz A guruhida kimlar bilan o‘ynaydi?
Bugun OFK shtab-kvartirasida o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘smirlarimiz S guruhidan o‘rin olishdi.
Endi esa OFK qarorgohida U-19 Osiyo chempionatiga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. Unga ko‘ra natijalar quyidagicha:
A guruhi: O‘zbekiston, Indoneziya, Kambodja, Eron,
V guruhi: Janubiy Koreya, Yaponiya, Iroq, Bahrayn
S guruhi: Saudiya Arabistoni, Avstraliya, Vetnam, Laos
D guruhi: Qatar, Tojikiston, Malayziya, Yaman.
Ma’lumot o‘rnida, mazkur qit’a birinchiligi 14-31 oktyabr kunlari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi. O‘yinlar Toshkent, Olmaliq va Namangan shaharlaridagi 4 ta stadionda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Fikrlar