O‘zbekistonda tug‘ilgan futbolchi faoliyatini Premer-ligada davom ettirishi mumkin

  • 26 dekabr, 2019, 13:36
  • 2
  • Futbol

Moskvaning "Lokomotiv" klubi "Gannover-96" himoyachisi Valdemar Antonga qiziqish bildirmoqda. "Chempionat" tarqatgan xabarga ko‘ra, tomonlar muzokaralarni boshlab yuborishgan, ammo transfer narxi borasida bir to‘xtamga kelishmagan.

Ma’lumot uchun, 23 yoshli futbolchi O‘zbekistonda, aniqrog‘i, Olmaliqda tug‘ilgan. Keyinchalik oilasi bilan Germaniyaga ko‘chib ketgan. U "Gannover-96" tarbiyalanuvchisi sanaladi. Joriy yilgi mavsumda "Gannover" safida Bundesligada 16 bahsda maydonga tushdi va 8 ta sariq kartochka xamda bitta qizil kartochka oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Surxon turon
26/12/2019 15:33
Натижаси зӯр екаан лекин сарлавхани боблабсилар
&
Сурхон К
26/12/2019 18:22
Булар шу тамонлама 1- булса кк. Спорт.уз. коелколиш кк каеси тарафигадирку.