O'zbekistonga ikkita gol urgan futbolchiga 60 million funt narx qo'yildi

  • 26.06.2026 14:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Liverpool» rahbariyati o‘z hujumchisi Kodi Gakponi 60 million funt sterlingga baholamoqda.

2024/25 yildgi chempionlik mavsumida Gakpo barcha musobaqalarni hisobga olganda 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urgan va 7 ta golli uzatma bergan edi.

O‘tgan mavsumda esa uning ko‘rsatkichlari pasaydi. Niderlandiyalik futbolchi 9 ta gol va 6 ta assist bilan cheklandi.

«Liverpool»ning yangi bosh murabbiyi Andoni Iraola hozircha Gakponing kelajagi bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilmagan. Jamoa allaqachon Muhammad Salohdan deyarli ayrilib qolgan bir paytda, Gakpon ham sotib yuborish masalasi ochiqligicha qolmoqda.

BBC xabariga ko‘ra, agar 27 yoshli hujumchi sotiladigan bo‘lsa, «qizillar» uning transferi uchun taxminan 60 million funt sterling talab qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yildgi jahon chempionatidan keyin «Liverpool» Gakponi Niderlandiyaning PSV klubidan sotib olish uchun 35 million funt sterling to‘lgan edi.

Ayni paytda Gakpo Niderlandiya milliy terma jamoasi safida mundialda ishtirok etmoqda. Jahon chempionati boshlanishidan avval bu jamoa O‘zbekiston bilan o‘rtoqlik uchrashuv o‘tkazib, 2:1 hisobida g‘olib chiqqan edi. O‘sha uchrashuvda niderlandiyaliklarning har ikki golini Kodi Gakpo penaltiidan kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!