O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi

  • 29 aprel, 2024, 10:36
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Xabaringiz bor, bugun 23 yoshlilar o‘rtasidagi Osiyo kubogining yarim finalidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Indoneziya bahsi bo‘lib o‘tadi. Mazkur o‘yin oldidan indoneziyaliklar tarkibida katta yo‘qotish bor. 

Gap shundaki, Rafael Struik turnir davomida ikkita sariq kartochka olganligi sababli bitta o‘yinni o‘tkazib yuborishi kerak. U Iordaniya va Janubiy Koreyaga qarshi uchrashuvlarda ogohlantirilgan. 

Struik tarkibdagi eng asosiy hujumchilardan biri bo‘lib, chempionatdagi barcha bahslarda maydonga tushib, zaxiraga olinmagan. Shu bilan birga, uning hisobida 2 ta gol ham bor. 

Eslatib o‘tamiz, Indoneziya - O‘zbekiston bellashuvi Toshkent vaqti bilan soat 19:00da start oladi. Mazkur bahsni "Sports.uz Live" telegram kanalimizda jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!