O'zbekistonga qarshi o'ynagan futbolchi o'lim tahdidi tufayli uyiga qaytmadi

  • 14.07.2026 10:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kolumbiya terma jamoasi yarim himoyachisi Xaminton Kampas 2026 yildgi jahon chempionatidan keyin o‘z vataniga qaytmagan.

Bu haqida jurnalist Kamilo Pinto ijtimoiy tarmoqda xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Kolumbiyaning Shveytsariyaga qarshi 1/8 final bahsida (0:0, penaltilar seriyasida 3:4) Kampas uchrashuvning 115-daqiqasida qulay vaziyatdan foydalanа olmadi. U tepgan to‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi. Keyin esa kolumbiyaliklar penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etgan.

Shundan so‘ng Kampas va uning oila a’zolariga o‘lim tahdidlari kela boshlagan. Futbolchi bu tahdidlarni jiddiy qabul qilgan va xavfsizlik nuqtai nazaridan Kolumbiyaga qaytmaslikka qaror qilgan.

Xaminton Kampas guruh bosqichida O‘zbekiston bilan bo‘lgan uchrashuvda ham ishtirok etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!