O'zbekistonga qarshi o'ynagan futbolchi terma jamoadan ketdi

  • 16.09.2026 07:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Atletiko Nasyonal”ning 35 yoshli yarim himoyachisi Xames Rodriges Kolumbiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini ma'lum qildi.

- Vaqti keldi. Birga baham ko'rgan har bir o'yin, har bir quvonch, ko'z yoshi va orzu uchun rahmat. Kolumbiya terma jamoasi sharafini himoya qilish hayotimdagi eng buyuk sharaflardan biri bo'ldi. Rahmat, Kolumbiya, - deb yozdi Rodriges ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Xamesning Kolumbiya terma jamoasi safidagi hisobi 131 ta uchrashuv va 31 ta goldan iborat. U 2014 yil Braziliyadа o'tkazilgan jahon chempionatining eng yaxshi to'purarі bo'lgan va musobaqada oltita gol urgan.

Rodriges uchun milliy terma jamoa safidagi so'nggi turnir 2026 yildagi jahon chempionati bo'ldi. Kolumbiya ushbu musobaqada 1/8 finalga qadar yetib bordi, ammo penaltilar seriyasida Shveytsariyaga mag'lub bo'ldi.

Guruh bosqichida Xemis Rodriges Kolumbiya terma jamoasining O'zbekistonga qarshi o'tkazgan uchrashuvida ham ishtirok etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!