O‘zbekistonga qarshi uchrashuv Taremi uchun tarixiy bo‘ldi
Xabaringiz bor, 8 sentyabr kuni "Olimpiya" stadionida "CAFA Nations Cup-2025" finali bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi Eron bilan bahs olib bordi. Asosiy daqiqalarda g‘olib aniqlanmagach, ekstra bo‘limlarga murojaat etildi. Qo‘shimcha bo‘limlarda "oq bo‘rilar" Hojiakbar Alijonovning goli evaziga g‘alabani ilib ketdi.
Mazkur o‘yin Mehdi Taremi uchun Eron terma jamoasi safidagi 100-uchrashuv bo‘ldi. 33 yoshli forvard mana shu uchrashuvlarda 57 bora gol kiritishni uddalagan.
Eslatib o‘tamiz, Taremi bir necha kun avval Gretsiyaning "Olimpiakos" klubi futbolchisiga aylangandi. Eronlik futbolchi o‘tgan mavsumni "Inter"da o‘tkazdi.




Fikrlar