O‘zbekistonlik futbolchi: "Mening maqsadim terma jamoaga chaqirilish emas, "Spartak" jamoasiga o‘tish"
Belarus chempionatida ishtirok etuvchi “Naftan” klubi a’zosi Ruslan Ro‘ziev O‘zbekiston terma jamoasiga qaraganda, Moskvaning “Spartak” jamoasida o‘ynashni afzal ko‘rishini ma’lum qildi.
Belarus chempionatida yaxshi natijalar ko‘rsatyapsiz. Siz O‘zbekiston U-19 va U-21 jamoalarida o‘ynagansiz. Sizni katta terma jamoaga chaqirishlari mumkinmi?
"Bilmayman. Ko‘ramiz, Belarusda qolamanmi yoki boshqa davlatga ketamanmi hammasi takliflarga bog‘liq. Yilni yaxshi yakunladim, gollar urdim. Futbolchi sifatida o‘sganman, deb o‘ylayman".
O‘zbekiston terma jamoasidan chaqiruv olishni xohlaysizmi?
"Terma jamoaga kirish mening maqsadim emas. Albatta, chaqirishsa, albatta, yoqimli bo‘ladi. Lekin chaqirishadimi — bilmayman. Men ancha vaqt oldin ketganman, O‘zbekistonda men haqimda anchadan beri hech kim eshitmagan".
"Mening asosiy maqsadim Moskvaning "Spartak" jamoasiga o‘tish. Shu bilan birga, agar terma jamoadan chaqiruv bo‘lsa, albatta xursand bo‘laman", - dedi vinger.
Ma’lumot uchun, Ro‘ziev O‘zbekistonning turli yosh toifasidagi terma jamoalari safida o‘ynagan. U joriy mavsumda 28 ta uchrashuvda ishtirok etib, 8 ta gol urgan.
Fikrlar