O‘zbekistonlik hakamlar jahon chempionatida ishlaydi

  • 19.11.2019 15:12
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol

Sohil futboli bo‘yicha jahon chempionatida 16 ta yurt terma jamoalari g‘oliblik uchun bahs olib boradi.

Diqqatga sazovor jihati shundaki, mundial bahslarida hamyurtimiz Baxtiyor Namozov hakam sifatida uchrashuvlarni boshqarib boradi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etish joiz, Osiyodan 4 nafar referi jahon chempionatiga taklif etildi. Ular – Ibrohim Al Mansuri (BAA), Suhaimi Mat (Malayziya), Shao Liang (Xitoy) hamda Baxtiyor Namozov (O‘zbekiston).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!