O'zbekistonlik hakamlar Xitoy - Shimoliy Koreya uchrashuvida ishlaydi

  • 15.09.2026 10:31
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekistonlik hakamlar Osiyo o‘yinlarida navbatdagi uchrashuvda faoliyat olib boradi.

16 sentabr kuni Yaponiya­ning Aichi-Nagoya shahrida davom etayotgan XX Osiyo o‘yinlari futbol musobaqasi doirasida Xitoy va Shimoliy Koreya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Mazkur bahsda o‘zbekistonlik hakamlar ham faoliyat olib boradi. Firdavs Norsafarov — zahira hakami, Ruslan Serazitdinov esa qanot hakami sifatida hakamlar brigadasi tarkibidan joy olgan.
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!