O‘zbekistonlik ikki bokschi Janubiy Koreyada jang qiladi. Raqiblar ma’lum! (Foto)

  • 26.06.2024 10:00
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

29 iyun kuni Janubiy Koreyaning Incheon shahrida Fight World N 1 promouterlik kompaniyasi tomonidan navbatdagi professional boks oqshomi tashkil etiladi. Mazkur boks oqshomida o‘zbekistonlik 2 nafar bokschi ham ringga ko‘tariladi. Jumladan, engil vazn (61,2 kg) toifasida Sirochbek Ismoilov (4-0,1 KO) hindistonlik Sunil Kumarga (3-5,3 KO) qarshi jang qilsa, birinchi yarim engil vazn (55,338 kg) toifasida Husniddin Maraimov (3-1-1,2KO) Filippin vakili Maykl Eskobia (12-25-1, bilan bahs yuritadi. 
Ma’lumki, ushbu promouterlik kompaniyasi bilan yana bir qator bokschilarimiz hamkorlik qilmoqda. Ularning ham navbatdagi jang sanasi va raqiblari tez orada ma’lum bo‘ladi. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!