
O‘zbekistonlik jangchi navbatdagi g‘alabasi orqali UFCga yo‘l olishi mumkin!
27 iyul kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida "UAE Warriors 51" turniri tashkil etiladi. Mazkur turnirning biz uchun ahamiyatli jihati yurtdoshimiz Hotam Boynazarov ham oktagonga ko‘tariladi. U gruziyalik jiddiy raqib Georgi Egnatashviliga qarshi jang qiladi.
Ma’lum bo‘lishicha ushbu jangdagi g‘alaba Boynazarovni UFCga yanada yaqinlashtiradi. Bu borada uning hozirgi murabbiyi Husan Majlimov ma’lum qilgan.
Ma’lumot uchun, Hotam Boynazarov mag‘lubiyatsiz seriyani davom ettirgan holda rekordini 8-0 ko‘rinishga keltirgan. Uning gruziyalik raqibining ko‘rsatkichi esa 7-1 ko‘rinish olgan.
Albatta, ushbu muhim jangda yurtdoshimizga omad tilaymiz!
Fikrlar