
O‘zbekistonlik K-1 ustasi Face to Face marosimida ishtirok etdi.Ertaga jang! (Video)
Ertaga, 15 iyul kuni Rossiyaning Ekaterinburg shahrida RCC promouterlik kompaniyasi tomonidan K-1 bo‘yicha navbatdagi jang oqshomi tashkil etiladi. Mazkur "RCC Fair Fight 18" turnirida hamyurtimiz Mavlud Tifiev ham ringga ko‘tariladi. U mezbonlar vakili Andrey Xromovga qarshi jang qiladi. Yurtdoshimiz bir necha yillardan buyon professional muaytay va K-1 bo‘yicha janglarda ishtirok etib keladi va bir qator yutuqlarni qo‘lga kiritgan. Uning professional rekordi 41-7-3 bo‘lsa, Xromovning ko‘rsatkichi 14-1 ko‘rinish olgan.
Bugun ushbu jang avvalida vazn o‘lchash va Face to Face marosimi o‘tkazildi. Quyida, ushbu jarayonni tomosha qilishingiz mumkin!
Fikrlar