O‘zbekistonlik "Kichik Tayson"ning jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

  • 03.11.2022 23:01
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Professional boksda janglar o‘tkazib kelayotgan hamyurtlarimiz, "Cocky Buffalo" kompaniyasi mijozlari Abdulaziz Najmiddinov, Olimjon Nazarov va Abdurasul Ismoilovlarning jang sanalari aniq bo‘ldi.

O‘ta engil vazn toifasida (50,8 kg) Olimjon Nazarov (28-5, 15KO) 10 dekabr kuni Vietnamda WBO Oriental kamarini tailandlik Jakravut Madjungoendan (42-2-2, 21KO) himoya qiladi. Super yarim engil vazn toifasidagi (58,9 kg) Abdulaziz Najmiddinov va engil vazndagi (61,2 kg) Abdurasul Ismoilov navbatdagi janglarini 1 yanvarda Vietnamda o‘tkazadi. Hozircha ularga kim raqiblik qilishi ma’lum emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!