O‘zbekistonlik mashhur muaytaychi Dastan Sharsheev bilan jang qiladi

  • 7 avgust, 2021, 11:02
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

14 avgust kuni Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida Rossiyaning "Open Fighting Championship" promoushenining navbatdagi turniri tashkil qilinadi. 

Tecno

Mazkur MMA oqshomida K-1 yo‘nalishidan ham janglar o‘rin olgan. Biz uchun ahamiyatli jihati, mazkur kechada O‘zbekiston muaytayining mashhur vakillaridan biri Mavlonbek Qahhorov ham K-1 bo‘yicha o‘z jangini o‘tkazadi. 

Uning raqibi esa Qirg‘iziston vakili Dastan Sharsheev bo‘ladi. Ma’lumki, Doston Sharsheev o‘z vaqtida hamyurtimiz MMA jangchisi Nursulton Ro‘ziboevni jangga chorlagan va ijtimoiy tarmoqlarda juda ko‘p gap-so‘zlarga sababchi bo‘lgan edi. Ushbu qarama-qarshilik -73 kg vazn toifasida o‘tkaziladi. 

Mavlonbek Qahhorov faoliyati mobaynida muaytay bo‘yicha 3 karra jahon chempioni, 3 karra Osiyo o‘yinlari g‘olibi, Osiyo chempioni, professionallar o‘rtasida ham Osiyo chempioni, 7 karra O‘zbekiston chempioni hisoblanadi. 

Qahhorovninng faoliyatida ancha vaqt tanaffus bo‘ldi va joriy yil Toshkentda jang o‘tkazib, g‘alaba qozongan edi. Navbatdagi raqibi esa anchagina jiddiy va boz ustiga jang Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadi. 

Shunday bo‘lsa-da, biz hamyurtimizga ishonamiz va unga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!

mavlonbek

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!