O‘zbekistonlik muaytay ustasi bir raunddan iborat bo‘lgan turnirda o‘z jangini o‘tkazadi

Hamyurtimiz Mansurbek Tolipov muaytayning professional yo‘nalishi bo‘yicha “MAS Fight” turnirida o‘z janglarini o‘tkazayotganligi haqida xabar bergan edik. U avvalroq ushbu turnirda g‘alaba qozongan edi. 22 dekabr kuni Kambodjada tashkil etilayotgan jang kechasida hamyurtimiz yana bir bor ringga ko‘tariladi.

Ma’lumot uchun, “MAS Fight” turniri yangi tashkil etilgan bo‘lib, g‘ayritabiiy tarzda o‘tkaziladi. Ya’ni, bir raund bo‘ladi xolos. Ushbu yagona raund 9 daqiqa davom etadi. Eng qizig‘i esa, 9 daqiqa mobaynida nokautga uchratgan tarzdagina g‘alaba qozonishingiz mumkin.Qolgan har qanday holatda ham durang qayd etiladi. Hamyurtimizning ushbu janglardagi natijasi, bitta durang va bir g‘alabadan iborat.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!