O'zbekistonlik shaxmatchilar Turkiyada xalqaro turnir bahslarini boshladi
Joriy yilning, 17–23 avgust kunlari Turkiyaning Urgup shahrida "2nd Kapadokya International Open Chess Tournament" xalqaro turniri bo‘lib o‘tmoqda.
Musobaqada 22 mamlakatdan 687 nafar shaxmatchi, jumladan, O‘zbekistonidan 9 nafar sportchi ishtirok etmoqda. Dastlabki ikki tur yakuniga ko‘ra, “A” guruhida Almas Raxmatullaev 2 ochko bilan yetakchilar safida bormoqda.
Sayidakbar Saidaliev va Muhammadali Abdurahmonov 1,5 ochkoden jamg‘argan. Barchinoy Shokirjonova, Maftuna Bobomurodova va Zilola Aktamova hisobida esa 1 ochkoden mavjud.
“B” guruhida Mumtozbegim Mansurova 2 ochko bilan yuqori o‘rinlarda bormoqda. Ozoda Shaxzodova esa 1 ochko jamg‘argan.
Musobaqada O‘zbekiston sharafini Sayidakbar Saidaliev, Almas Raxmatullaev, Muhammadali Abdurahmonov, Mumtozbegim Mansurova, Barchinoy Shokirjonova, Maftuna Bobomurodova, Shohina Ahmedova, Ozoda Shaxzodova hamda Zilola Aktamova himoya qilmoqda.
Turnir bahslari 23-avgustga qadar davom etadi.

Fikrlar