O‘zbekistonlik sinxron suzuvchilar Singapurda birinchi bo‘lishdi
Sinxron suzish bo‘yicha Singapur ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatimiz sportchilari ham ishtirok etdi. Quvonarlisi, ushbu turnirda O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qayd etishdi. Delegatsiyamiz tarkibidan murabbiy Oksana Bortnikova hamda uch sportchi, Nafisa Shomirzaeva, Anastasiya Morozova va Anna Eltqshevalar o‘rin olgandi.

Ta’kidlab o‘tish lozimki, mazkur xalqaro turnirda 10 mamlakat vakilalari ishtirok etishdi. Umumjamoa hisobida esa, kuchli uchlik quyidagi ko‘rinish oldi. Demak, yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, birinchi o‘rinni yurtdoshlarimiz qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ikkinchi natija Vetnamlik qizlarga tegishli bo‘ldi. Mezbon Singapur esa uchinchi pog‘onadan o‘rin oldi.

Fikrlar