O‘zbekistonning Jahon chempionati guruh bosqichidagi raqiblari taxmin qilindi
2026 yilgi Jahon chempionatiga qur’a tashlash marosimi ertaga bo‘lib o‘tadi. Rossiyalik mashhur sharhlovchi Konstantin Genich O‘zbekiston termasining guruh bosqichidagi ehtimoliy raqiblarini taxmin qildi.
Uning fikricha, vakillarimiz turnirning asosiy favoritlaridan biri sanalgan Ispaniya, shuningdek, Kolumbiya va tarixida ilk bor mundial yo‘llanmasiga ega chiqqan Kyurasao bilan bir guruhga tushishi mumkin. Genich ushbu jamoalar o‘rtasidagi uchrashuvlar nihoyatda qiziqarli bo‘lishini ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qiladigan musobaqa 2026 yil 11 iyunda start oladi.
Fikrlar