O‘zbekistonning "JCh–2026" guruh bosqichidagi raqibi o‘zgarishi mumkin

  • 16.12.2025 22:46
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

FIFA 2026 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida Kongo terma jamoasi safida maydonga tushgan ayrim futbolchilarning o‘ynash huquqini tekshirmoqda. Bunga sabab  ularning fuqarolik va terma jamoa tanlash jarayonida FIFA qoidalari buzilgan bo‘lishi mumkin.

Xabarlarga ko‘ra, Kongo tarkibidagi taxminan 9 nafar futbolchi hujjatlarni to‘liq rasmiylashtirmagan holda terma jamoa safida o‘ynagan.Tashkilot qoidalariga ko‘ra, faqat pasportga ega bo‘lish etarli emas — futbolchi milliy va xalqaro talablarga ham to‘liq javob berishi shart.

Agar qoidabuzarliklar tasdiqlansa, Kongo terma jamoasi sanktsiyalarga tortilishi, hatto natijalar bekor qilinishi mumkin. Bu holat Nigeriyaning "JCh–2026" yo‘llanmasi uchun umidini saqlab qolmoqda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston "K" guruhidan joy olgan bo‘lib, Portugaliya, Kolumbiya hamda Kongo / Yangi Kaledoniya / Yamayka terma jamoalari bilan bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!