O'zbekneftegaz" Rivaldo qarzini to'lamasligini tasdiqladi

  • 20.04.2026 22:42
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

"O‘zbekneftegaz" davlat neft-gaz kompaniyasi 1 yanvardan boshlab futbol klublarini moliyalashtirishni to‘liq to‘xtatgani ma’lum qilingan edi. Bu haqida 20 aprel kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida kompaniya boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Suhrob Hamraev ma’lum qildi. Shuningdek, u avval "Bunyodkor"ning sobiq futbolchisi Rivaldo bilan bog‘liq qarzdorlik klub zimmasiga yuklatilganini aytdi.

"O‘zbekneftegaz" rahbarining birinchi o‘rinbosari, shuningdek, kompaniya 2008–2010 yillarda Toshkentning "Bunyodkor" jamoasida o‘ynagan braziliyalik futbolchi Rivaldo oldidagi qarzni to‘lamasligini qo‘shimcha qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qarzni to‘lash kompaniyaning emas, balki klubning majburiyati hisoblanadi", — dedi Hamraev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!