OʻzFHM “Yaypan” — “Gʻazalkent” uchrashuvini boshqargan hakamni chetladi
Pro liganing 6-turidan o‘rin olgan “Yaypan” — “G‘azalkent” uchrashuvidagi bahsli vaziyat ekspertlar tomonidan ko‘rib chiqildi.
80-daqiqada hujumchiga nisbatan qo‘pollik sodir etilganiga qaramay, bosh hakam tomonidan qoidabuzarlik qayd etilmagani aniqlandi. Shuningdek, Rustam Choriev o‘yin davomida bir qator xatolarga yo‘l qo‘yib, o‘yin muvozanatini saqlab qola olmagani ta’kidlandi.
Ekspert hakamlar guruhi xulosasiga ko‘ra, Rustam Choriev vaqtinchalik Superliga va Pro liga uchrashuvlaridan chetlatildi.

Fikrlar