Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Ozgina qoldi! Shik Obameyang va Levandovski izidan ketyapti

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Gol urish ustasiga aylandi

Germaniya chempionati — Bundesliganing oltinchi turida «Bayer» (Leverkuzen) oʻz maydonida «Frayburg» ustidan muhim gʻalabaga erishdi. Uchrashuvda chexiyalik hujumchi Patrik Shik hal qiluvchi gol muallifiga aylanib, jamoasiga gʻalaba olib keldi.

Shu tariqa Patrik Shik Bundesliga tarixida mavsumning dastlabki olti turining har birida gol urishga muvaffaq boʻlgan uchinchi futbolchi sifatida tarixga kirdi. 

Undan oldin bu natijaga faqat ikki hujumchi erishgan: 2015/16 yildgi mavsumda «Borussiya Dortmund» safida Pyer-Emerik Obameyang (u ilk sakkiz turda gol urgan) va 2019/20 yildgi mavsumda «Bavariya» forvardi Robert Levandovski (u umuman olganda qatorasiga 11 tur davomida toʻp kiritgan).

Endi eʼtibor «Bayer»ning navbatdagi oʻyiniga qaratilgan. Klub keyingi turda «Xoffenhaym»ga qarshi maydonga tushadi va muxlislar Patrik Shik yana bir bor oʻzini namoyon etib, ajoyib oʻyin koʻrsatishiga umid qilmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q