
O‘zi ishlamoqchimisan? Zidan yana bir supertaklifni qabul qilmadi
Frantsiyalik sobiq futbol yulduzi Zinedin Zidan murabbiylikni ham juda yaxshi uddalashini “Real”ni ikki marta boshqarish orqali isbotlab qo‘ygan.
Biroq Zinedin Zidan 2021 yili Madrid klubini tark etganidan beri ishsiz yuribdi. Har mavsum Evropaning qudratli klublari uni hamkorlikka taklif qiladi.
Yaqinda Joze Mourinoni bosh murabbiylikdan iste’foga chiqargan “Fenerbahche” rahbariyati Zinedin Zidanni jamoani boshqarishga chorladi.
Mundo Deportivo nashrining ma’lum qilishicha, frantsiyalik mutaxassis Turkiyada ishlash variantini qabul qilmagan. Zidan Frantsiya terma jamoasiga ustozlik qilishni istayapti.
Manbaga ko‘ra, Zidan bir necha oydan beri Frantsiya futbol federatsiyasi va milliy terma jamoa faoliyatini tahlil qilib kelmoqda va Dide Deshamdan keyin uning o‘rnini egallashga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Zinedin Zidan 2016-2018 va 2019-2021 yillar davomida “Real”ni boshqarib, uch marta Evropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan, ikki martadan Ispaniya chempioni va mamlakat Superkubogida zafar quchgan .
Fikrlar