O‘zi yaxshi ekan! “Chelsi” sobiq murabbiyni qaytarmoqchi

  • 27.04.2026 05:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bosh murabbiy qidirayotgan “Chelsi” italyalik mutaxassis Antonio Konteni klubga qaytarish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Conte 2016-2018 yillar davomida jamoani boshqargan va 2017 yilda Angliya chempioniga aylantirgan edi.

Bu haqida Calciomercato xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Conte xizmatlariga Italiya futbol federatsiyasi ham qiziqmoqda, biroq “Chelsi” unga taklif bilan chiqish niyatida qat’iy turibdi.

2024 yil yozidan buyon 56 yoshli mutaxassis “Napoli” bosh murabbiyi bo‘lib ishlamoqda va uning rahbarligida jamoa o‘tgan mavsumda A Seriyada g‘olib chiqdi.

Contening neapolliklar bilan shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!