O‘zil va Sanches "Arsenal"dan ketadi

 
 
"Arsenal" klubi rahbariyati ishongan o‘yinchilari - yarim himoyachi Mesut O‘zil va to‘purar hujumchi Aleksis Sanchesdan ayrilib qolishdan xavotirga tushmoqda.
 
Ayni paytda tomonlar yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Biroq, har ikki futbolchi ham klub tomonidan taqdim etilayotgan maosh va sharoitlardan qoniqayotgani yo‘q. Agar London klubi o‘z vaqtida yangi shartnoma imzolay olmasa, etakchilarini qo‘ldan chiqaradi. 
 
Bu vaziyatni kuzatib borayotgan ayrim mutaxassislar O‘zil va Sanches yozda jamoadan ketishi mumkinligini aytmoqda. Bundan oldin har ikki futbolchi ham Ispaniya chempionatiga qaytishni istayotgani haqida bir necha bor xabarlar tarqatilgan.
 
 
 
Joriy mavsumda Mesul O‘zil Angliya premer-ligasida 17 ta uchrashuv o‘tkazib, beshta gol urdi. Jamoa to‘purari Aleksis Sanches yigirmata o‘yinda 13 ta golga mualliflik qilgan.
 
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!