
O‘zil yozgacha kutmoqchi
“Arsenal” yarim himoyachisi Mesut O‘zil faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
32 yoshli germaniyalik futbolchiga “Fenerbaxche” klubi jiddiy qiziqib qolgan. Ammo O‘zil “Arsenal”dagi hozirgi holatiga qaramasdan mavsum oxirigacha, ya’ni shartnomasi yakunlangunicha jamoada qolmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, “Arsenal” O‘zilni joriy mavsum Angliya chempionati qaydnomasiga kiritmadi.
Fikrlar