O‘zilning siri ochildi

  • 13 oktabr, 2020, 11:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal” asosiy tarkibidagi o‘rnini yo‘qotgan va bosh murabbiy Mikel Arteta bilan kelisha olmay qolgan Mesut O‘zil nega jamoani tark etishdan bosh tortgani ma’lum bo‘ldi.  

Tecno

Xabarlarga qaraganda, Mesut O‘zil sentyabr oyining oxirida klubga sodiqligi uchun qariyb 9 million evro miqdorida bonus olgan. Agar u yozda boshqa jamoa taklifini qabul qilganida bu bonus bekor bo‘lardi.

Mart oyidan beri maydonga chiqmagan germaniyalik yarim himoyachi hali ham Londondan ketmoqchi emas. U shartnomani muddatidan oldin bekor qilish uchun 14 million evro miqdorida kompensatsiya talab qilmoqda. Ayni paytda O‘zil o‘ynamay turib, haftasiga 350 ming funt maosh olmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!