O‘zimizda zo‘rlari bor! Yevropaning eng kuchli klubi Rodridan yuz o‘girdi

  • 28.07.2026 08:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiya chempionati va UEFA Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi hisoblangan PSJ klubi “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodri uchun kurashni davom ettirishni istamadi.

Rodri Ispaniya terma jamoasini sardor sifatida jahon chempionligiga olib chiqqanidan keyin, “Real” uni o‘z safiga qo‘shib olishni istayotganligi haqidagi xabarlar oqimi yanada kuchaydi.

O‘tgan hafta Rodrigga “Barselona” va PSJ ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq Sky Sports ma’lum qilishicha, Chempionlar ligasining amaldagi g‘oliblari 30 yoshli ispanialik yarim himoyachini xarid qilishdan manfaatdor emas.

PSJ rahbariyati yarim himoya chizig‘idagi futbolchilar –  Vitinya, Fabian Ruiz va Joau Neveshning o‘yinidan to‘liq qoniqmoqda.

Shuningdek, Rodrining “Manchester Siti” bilan amaldagi shartnomasiga yana bir yil qolgan. “Shaharliklar” esa o‘z yetakchisi bilan yangi shartnoma imzolashni istamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!