O‘zini baxtsiz his qilayotganlar ketsin!
“Tottenxem” bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi klubda o‘zini baxtli his qilmayotgan futbolchilar jamoani tark etishi kerakligini ma’lum qildi.
Bu yozda De Dzerbi “Tottenxem” tarkibini jiddiy yangilab, allaqachon olti nafar yangi futbolchini jamoaga olib keldi.
Shu bilan birga, u Kristian Romero va Lukas Bergvall kabi futbolchilar bilan xayrlashishga ham qarshi emas.
- Ish boshlaganimning ilk kunidanoq buni juda aniq aytdim. “Tottenxem”da qolishni istamaydigan, o‘zini baxtli his qilmaydigan har qanday futbolchi ketishi mumkin.
Men bu yerda o‘ynayotganidan faxrlanadigan, baxtli bo‘lgan va “Tottenxem Hotspur” stadioni maydoniga katta ishtiyoq bilan chiqadigan futbolchilarni xohlayman. Chunki hozirgi futbolda aynan motivatsiya hal qiluvchi omil hisoblanadi.
Motivatsiya esa baxtli bo‘lish va bir jamoada qolish istagidan kelib chiqadi, - dedi tajribali murabbiy Roberto De Dzerbi BBC nashri jurnalistlariga bergan intervyusida.

Fikrlar