"O‘zini ko‘rsata olmagan futbolchilarni to‘plagandik, endi har biriga 3-4 tadan takliflar bor, 10-o‘rin zo‘r natija emas, lekin..." - Bahrom Haydarov jamoasining g‘alabasi haqida

  • 27 noyabr, 2021, 18:51
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Surxon” klubi o‘z maydonida “Mash’al”ni 1:0 hisobida mag‘lub etganidan keyin termizliklar ustozi Bahrom Haydarov fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Bugungi o‘yin ikkala jamoaga ham juda muhim edi. Chunki klublar hali o‘z vazifalarini bajarishmagandi. Ya’ni, Superligada qolish vazifasi hali to‘liq ado etilmagandi. Bu final o‘yinidek bo‘ldi. Juda qiyin kechdi. Uchrashuvni teng kurashlar ostida o‘tdi deb o‘ylayman. Faqat ikkinchi bo‘limda xato qilib qo‘ydik. Sariq kartochkasi bor futbolchimizni vaqtida almashtirishimiz kerak edi. Maydonda 10 kishi qolgan bo‘lsak ham yigitlarga katta rahmat. Vazifani uddalashdi. Surxondaryoliklarni g‘alaba bilan tabriklayman. Bundan buyog‘iga “Surxon” faqat yuqoriga intiladi. Yil davomida ishlagan murabbiylar shtabi, futbolchilar, xodimlar hammani tabriklayman.

- Mavsum boshidan buyon Bahrom Haydarovga ko‘pchilik tomonidan ishonchsizlik bor edi. Sizni tanqid qilgan muxlis yoki mutaxassislarga fikringiz...

- Albatta, har bir murabbiy jamoasi qaysi o‘rinda bo‘lmasin tanqidga uchraydi. Biz ishlashdan to‘xtab qolmaymiz. Halol mehnat qilib vazifamizni bajarishimizga ishonib kelayotgandik. Buni uddasidan chiqdik. To‘g‘ri, 10-o‘rin zo‘r natija emas. Lekin bizda yoshlar bilan yangi jamoa tuzilgandi. O‘tgan yili o‘zini ko‘rsata olmagan futbolchilarni to‘plagandik. Endi esa har birini 3-4 tadan takliflari bor. Bu birgina Bahrom Haydarov yoki boshqasini emas, balki butun jamoaning mehnati.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!