Palmer: "Bizda PSJga qarshi ajoyib reja bor"
Yakunlanib borayotgan klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati finalida "Chelsi" va PSJ o‘zaro bellashadi. London jamoasining yarim himoyachisi Koul Palmer bo‘lajak to‘qnashuv haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Albatta, o‘zimizga ishonamiz. Bu qiyin o‘yin bo‘lishini bilamiz, ammo bu final-ku. Biz hayajonlanyapmiz. Bilasizmi, eng kuchlilar bilan o‘ynashni xohlaysiz, PSJ esa ehtimol dunyodagi eng yaxshi jamoadir. Biroq, biz bunga tayyormiz. PSJning o‘yinlarini kuzatdik, ular hamma narsani juda yaxshi bajarishadi. Lekin bizda ajoyib reja bor. Uni amalga oshirishga harakat qilamiz, - dedi Palmer.
Mareska jamoasi mavsumdagi ikkinchi sovrinni qo‘lga kiritishi mumkin - avvalroq londonliklar Koferentsiyalar Ligasida chempionlikni qo‘lga kiritgan edi.
Fikrlar