
Palmer bu borada Evropa Top-5 ligasining eng zo‘ri bo‘lib turibdi
"Chelsi" va Angliya terma jamoasining hujumkor yarim himoyachisi Koul Palmer 2023 yil sentyabrida London klubidagi debyutidan beri top-5 ligada eng yaxshi assistent bo‘lib kelmoqda. Bu haqda "Opta Sports" xabar berdi.
Koul Palmer "Chelsi" uchun APLda 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Koul "Kristal Pelas"ga qarshi o‘yinda ham golli uzatmani amalga oshirdi. Avvalgi turda u "Vulverxempton"ga qarshi o‘yinda uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Yangi mavsumda yarim himoyachi allaqachon to‘rtta golli uzatmani amalga oshirishga ulgurdi.
Ma’lumot uchun, Palmer o‘tgan mavsumda klub safida barcha turnirlarda 46 ta o‘yin o‘tkazib, 25 gol va 15 golga assistentlik qilgan. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, yarim himoyachining narxi 80 million evroni tashkil qiladi.
Fikrlar